Maktabda sodir bo'layotgan barcha hodisalar haqida shu yerda so'z yuritamiz
19 sentyabr kuni INVENTO Performance Hall zalida DP talabalari Central Asian University vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Universitet talabalari bizning Diplom Dasturi o‘quvchilariga volontyorlik loyihalari, ularning shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati va nufuzli oliy ta’lim muassasalariga kirishda tutgan o‘rni haqida so‘zlab berishdi.
Invento UISda voqealarga boy “Induction Week” boshlangani haqida xabar berishdan mamnunmiz. O‘qituvchilar va barcha xodimlar yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun to‘planishdi. Trening dasturi doirasida ular nafaqat o‘quv masalalari va IB dasturini puxta rejalashtirish, balki xavfsizlik, shu jumladan yong‘in xavfsizligi va birinchi yordam ko‘rsatish asoslari bo‘yicha ham ta’lim olishmoqda
Mental arifmetika olamidagi muhim voqea! 2024-yil 20-iyul kuni Ispaniyada mental arifmetika bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Inventorlarimiz 40 dan ortiq mamlakatdan kelgan ishtirokchilar orasida O‘zbekiston sharafini munosib ravishda himoya qildilar.